Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

14
Aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Viloyatning barcha tuman (shahar)larda viloyat adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari va hokim yordamchilari bilan birgalikda sayyor qabullar va uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etildi.

14
Bugun radio efirida....

Joriy yilning 14 fevral kuni G’uzor tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Sh.Bozorov, tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.Avazov, bosh yuristkonsultlari N.Joniyev, G’.Mirzayevlar tomonidan "Oltin Voha" radiosining  “Qonun va ijro” to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitirishi orqali qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

14
Qabul qilingan qonun hujjatlari tushuntirilmoqda

Joriy yilning 12-14 fevral kunlari Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O’zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi mas’ul vakillari, viloyat Davlat xizmatlari markazlari, MFY raislari va hokim yordamchilari ishtirokida barcha tumanlarda aholi va tadbirkorlar o‘rtasida qabul qilingan qonun hujjatlarini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

14
ADLIYA ORGANLARI – ISLOHOTLAR SILSILASIDA

Bu yil Mustaqil O‘zbekiston Adliyasi tashkil etilganiga 30 yil to‘ldi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i  O‘rol Ostanov bilan suhbatimiz ham  tizimning mamlakatimiz rivojida tutgan o‘rni, bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qolaversa, viloyat adliya boshqarmasi faoliyati xususida kechdi.

14
Buyuk shoir, shoh, sarkarda va olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Buyuk shoir, shoh, sarkarda va olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

12
Korrupsiya-jamiyat kushandasi

Joriy yilning 11 fevral kuni Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 3-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida “Korrupsiya-jamiyat kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

11
Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilingan edi. Shu munosabati bilan xotin-qizlarning muammolari o‘rganib, ularning huquqlarini tushuntirish bo‘yicha tuman (shahar) adliya bo‘limlari mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

11
“Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg'iz ayollarning farzandlari ham bog'chaga imtiyozli ro'yxat asosida qabul qilinadi

Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega (https://lex.uz/docs/-5429899).

11
Pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib boruvchi shaxslar uchun ijodiy ta'tillar beriladi

 Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga muvaffaqiyatli olib boruvchi shaxslar uchun asosiy ish joylaridagi o‘rtacha oylik ish haqlari va lavozimlari saqlangan (https://lex.uz/docs/-517034#854441) holda:

➖ nomzodlik dissertatsiyasini va darsliklar hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tugallashlari uchun mualliflarga 3 oygacha;

➖ doktorlik dissertatsiyasini tugallash uchun 6 oygacha bo‘lgan muddatga ijodiy ta’tillar beriladi.

10
Buyuk shaxslar siymosi

Joriy yilning 10 fevral kuni Qarshi shahridagi Prezident maktabida Adliya, Majburiy ijro byurosi, Bojxona boshqarmalari va Yoshlar ittifoqi xodimlari tashabbusi bilan Navoiyxonlik va Boburxonlik kechasi tashkil etildi.