Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

21
Tibbiyot xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 21-aprel kuni Kasbi tuman adliya bo‘limi hamda tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

21
Barcha ta'lim tizimi xodimlari diqqatiga!

Huquqiy muammolaringiz bormi?
Bepul huquqiy maslahat kerakmi?

Adliya vazirligi tomonidan “Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida sayyor qabul o'tkaziladi.

Sayyor qabul 2022-yil 21-aprel kuni Talabalar shaharchasi, Universitet ko'chasi (O'zMU va TDTU binolari oralig'i) hududida soat 15:00 da boshlanadi.

20
Ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri

O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida joriy yilning 20-aprel kuni tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

20
Sayyor qabullarda fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi

Joriy yilning 20 aprel kuni Qarshi tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mirmiron” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda ijtimoiy nafaqa olish tartiblar, mehnat qonunchiligi, yer olish tartiblari va boshqa masalalar yuzasidan 25 nafar murojaat etgan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, 2 nafar fuqaroning murojaati bo‘lim ish yurituviga olindi.

20
Viktorina g‘olibi taqdirlandi

Xabaringiz bor Adliya vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida joriy yilning
8 aprel kuni viloyat adliya boshqarmasi tomonidan sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasida “Huquqingizni bilasizmi?” sovrinli viktorinasi e’lon qilingan edi.

20
Tibbiyot xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

   G’uzor tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmati ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi tibbiyot birlashmasida “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

20
Yuridik xizmat sohasidagi o‘zgarishlar yuzasidan targ‘ibot tadbiri

G’uzor tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi Maktabgacha ta’lim bo‘limida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

   Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–173-son qarori mazmun-mohiyati xodimlarga tushuntirildi, xususan, bosqichma-bosqich davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni “E-huquqshunos” elektron tizimiga bepul asosda ulash va ularga xizmat ko‘rsatilishi, elektron tizim orqali o‘zaro xujjatlar almashish, elektron tizimning afzalliklari va boshqalar haqida ma’lumotlar berildi.

19
Ishlab chiqarish ta'limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o'tmasdan kollej va texnikumlarda pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishga haqli.

Ishlab chiqarish ta'limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o'tmasdan kollej va texnikumlarda pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishga haqli.

(https://lex.uz/docs/-5013007) Zarurat bo'lganda kollej va texnikumlar ishlab chiqarish ta'limi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan, oliy ma'lumoti bo'lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo'shimcha mashg'ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.

19
Chiroqchi tuman adliya bo‘limining 2022 yilning 1-choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

19
Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 198 ta murojaatning 179 tasi hal etilib, shundan 144 tasi yoki 73 foizi qanoatlantirildi, 35 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.