Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Tibbiyot xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi


  G’uzor tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmati ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi tibbiyot birlashmasida “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda tibbiyot birlashmasi va “Yankent” QVP xodimlari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilarga mehnat qonunchiligidagi imtiyozlar va tibbiyot sohasidagi yangiliklar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–173-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbir yakunida tibbiyot xodimlarini qiziqtirgan savollariga  adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan javoblar va huquqiy tushuntirishlar berildi.