Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Chiroqchi tuman adliya bo‘limining 2022 yilning 1-choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 179ta murojaatlarning172 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 154 ta yoki 86 foizi qanoatlantirilgan, 19 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 6 ta murojaatlar taalluqligi bo‘yicha yuborilgan (murojaatlarni hal etishda 18 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan sayyor qabullar

Bo‘lim tomonidan 2022 yilnig 1-choragi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 11ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 237 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 20 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 18tasi qanoatlantirilgan va 2 tasi taalluqligi bo‘yicha yuborilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan2 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha3 ta taqdimnoma kiritildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida jami 1ta o‘rganish va 22 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 113 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 452 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 44 ta taqdimnoma, 251ta ogohnoma,16 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib,ma’muriy takliflar kiritildi.

Natijada:

- 345,8 mln.so‘mpul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

- 1 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror bekor qilingan.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 16nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan jami 26 ta arizalar kiritilib, to‘liq qanoatlantirilgan va 33,1 mln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar manfaatdor shaxslar foydasiga undirilgan.

Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan berilgan takliflar

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan jami 4 ta takliflar berilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida jami
352ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan
213tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 135 tasi og‘zaki,
4tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot.

 

Chiroqchi tuman

adliya bo‘limi