Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar


Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 198 ta murojaatning 179 tasi hal etilib, shundan 144 tasi yoki 73 foizi qanoatlantirildi, 35 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida tumandagi davlat tashkilotlari bilan birgalikda tumandagi 15 ta MFYlarning barchasini qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari adliya bo‘limining telegram hamda “facebook”dagi sahifalariga keng yoritib borilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 340 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 28 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022 yilning 1-choragi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, qarorlar va farmoyishlarni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 1 ta taqdimnoma kiritildi.

Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 15 ta takliflar berildi.

Adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 1 ta o‘rganish va 23 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 77 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 399 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 372 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 73 ta taqdimnoma, 8 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 239 ta ogohnoma hamda 52 ta da’vo arizalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 13 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 45 ta davlat tashkiloti hujjatlari bekor qilingan hamda fuqarolarga
420 mln so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berilgan.

Bundan tashqari kirtilgan 52 ta da’vo arizalarning, 38 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 14 ta da’vo arizasi sudning ish yurituvida bo‘lib turibdi. Jismoniy va yuridik shaxslarga 1 739 950 800 so’m sudning qarori bilan undirildi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida jami 718 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 523 tasi ommaviy axborot vositalari (veb saydlar orqali, 4 ta televidiniya, 2 ta radio, 8 ta gazeta )orqali chiqishlar, 167 tasi og‘zaki, 28 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Uzakov