Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yuridik xizmat sohasidagi o‘zgarishlar yuzasidan targ‘ibot tadbiri


G’uzor tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi Maktabgacha ta’lim bo‘limida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–173-son qarori mazmun-mohiyati xodimlarga tushuntirildi, xususan, bosqichma-bosqich davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni “E-huquqshunos” elektron tizimiga bepul asosda ulash va ularga xizmat ko‘rsatilishi, elektron tizim orqali o‘zaro xujjatlar almashish, elektron tizimning afzalliklari va boshqalar haqida ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchining berilgan savollarga adliya bo‘limi va markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berishdi.