Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

19
QARSHI SHAHAR ADLIYA: 2022-YIL 1-CHORAK SARHISOBI.

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Shunga koʻra, 2022-yilning 1-choragi yakuni boʻyicha jismoniy shaxslardan jami boʻlib 115 ta murojaatning barchasi hal etilib, shundan 70 tasi yoki 60,1 foizi qanoatlantirilgan, 43 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 2 tasi tegishliligi boʻyicha yuborildi.
Bundan tashqari, 23 ta Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” DUK xodimlarining oylik ish haqlarini undirib berish yuzasidan sud buyrugʻiga ariza kiritilib, 268 440 300 soʻmlik ish haqlarini undirish boʻyicha sud buyrugʻi chiqarildi. Shuningdek, 3 nafar fuqaroning pensiya masalasida hisobga  olinmagan ish stajlarini hisobga olish yuzasidan kiritilgan daʼvo arizalari ham qanoatlantirildi.

19
Yuridik markaz faoliyati yuzasidan

  Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikda Kasbi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi ish faoliyati yuzasidan lavhalar tayyorlandi.

    Lavhalarda markaz tomonidan amalga oshrilgan ishlar, tuman tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish tartiblari, “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali o‘zaro hujjat almashish va elektron tizimning ishlash afzalliklari shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–173-son qarorida belgilangan vazifalar tushuntirildi.

18
Supermarketlarda xaridorlarga quyidagicha qo'shimcha xizmatlar tashkil etilishi kerak:

●  buyurtmalar saloni;
●  tovarlarni o'rash stollari tashkil etish;
●  sovg'a to'plamlarini butlash;
●  tovarlarni uyga eltib berish;
●  vaqtincha foydalanishga berish punktlari va maishiy xizmatlarning boshqa turlari.

18
Yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvonlar - martaba darajalari berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi
PQ-2733-son Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan Qashqadaryo viloyati
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlariga maxsus
unvonlar - martaba darajalari berildi.

18
“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.

“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.

15
Saylov qonunchiligi aholiga tushuntirilmoqda

Ma’lumki joriy yilning may oyida Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqoli) saylovi bo‘lib o‘tadi.

15
#Bilasizmi

Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi.

15
#Bilasizmi

Fuqarolar oʻrtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi BHMning 10 baravaridan (2 mln 700 ming so‘mdan) ortiq boʻlsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs boʻlganida esa summasidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.

15
Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi faoliyatidan...

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi
PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish boʻyicha choralarni amalga oshirish hisoblanadi.

14
Aksiya doirasida

Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 37 nafar ta’lim xodimlarining Kadrlar bo‘yicha menedjerlari 2020-yil yanvar oyidan 2021-yil dekabr oyi holatiga ko‘ra to‘lanmasdan kelingan ish haqlarini undirib berilishi yuzasidan amaliy yordam so‘rab ariza bilan murojaat etishgan.