Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

QARSHI SHAHAR ADLIYA: 2022-YIL 1-CHORAK SARHISOBI.


Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

 

Shunga koʻra, 2022-yilning 1-choragi yakuni boʻyicha jismoniy shaxslardan jami boʻlib 115 ta murojaatning barchasi hal etilib, shundan 70 tasi yoki 60,1 foizi qanoatlantirilgan, 43 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 2 tasi tegishliligi boʻyicha yuborildi.

Bundan tashqari, 23 ta Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” DUK xodimlarining oylik ish haqlarini undirib berish yuzasidan sud buyrugʻiga ariza kiritilib, 268 440 300 soʻmlik ish haqlarini undirish boʻyicha sud buyrugʻi chiqarildi. Shuningdek, 3 nafar fuqaroning pensiya masalasida hisobga  olinmagan ish stajlarini hisobga olish yuzasidan kiritilgan daʼvo arizalari ham qanoatlantirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

 

Boʻlim tomonidan jami 1 ta oʻrganishlar va 8 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish va monitoringlarga koʻra 72 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasida 613 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi va aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 293 ta tegishli taʼsir choralari, xususan, 73 ta taqdimnoma, 203 ta ogohnoma va 17 ta maʼmuriy bayonnoma va maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 5 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, kiritilgan maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga oʻtkazilgan bayonnomalar natijasiga koʻra 12 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

 

Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlarga normativ-huquqiy xujjatlarni yetkazilishi yuzasidan 40 ta tashkilotlarga 257 ta xujjatlar yetkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 3 tasiga rozilik vizasi qoʻyildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha qonunbuzilish holatlari yuzasidan 2 ta taqdimnoma kiritilib, 2 ta hokim qarorlari bekor qilingan.

 

 

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Shuningdek, Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil 1-choragi  davomida jami 773 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 565 ta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 191 ta ogʻzaki, 17 ta koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlaridan iboratdir.