Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri


O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida joriy yilning 20-aprel kuni tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Xususan, Qarshi tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Xalq ta’limi tasarrufidagi 20-sonli hamda Chiroqchi tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan 8-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy ta’lim maktablarida o‘qituvchilar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda o‘qituvchilarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–87-son  Farmoni mazmun-mohiyati hamda mehnat qonunchiligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.