Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

29
Muloqot ko‘rsatuvida

Joriy yilning 27-aprel kuni Nishon tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan viloyat televideniyesining “Muloqot” ko‘rsatuvi uchun davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining  2018-yil 15-oktyabrdagi “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O’RQ–499-son Qonuni mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.

28
Viloyat Adliya boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Kitob tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish bo`yicha yig`ilish o`tkazdi

Bugun Kitob tumani Madaniyat saroyida Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari Alisher Isoqov rahbarligida yig`ilish bo`lib o`tdi. Tuman Adliya bo`limi boshlig`i Rustam Muhammadiyev,  mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasi a`zolari hamda mavjud 59 ta mahallalardagi  ishchi guruh vakillari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda may oyida o`tkazilishi rejalashtirilgan mahalla raislari saylovini o`tkazish bo`yicha bir qator zaruriy taklif va tavsiyalar berib o`tildi.

28
Yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvonlar - martaba darajalari berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi

PQ-2733-son Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan Qashqadaryo viloyati

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlariga maxsus

unvonlar - martaba darajalari berildi.

28
Mahalla saylovi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri..

Barchamizga ma’lumki, joriy yilning may oyida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘lib o‘tadi.

“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga asosan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat komissiyasining asosiy vakolatlaridan biri fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlash va saylovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish hisoblanadi.

27
Qishloq xo'jaligi korxonalariga qarz beriladi

“Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–225-son, 27.04.2022-y.) qabul qilindi

27
Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a'zolariga moddiy yordam beriladi

boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatda bo'lgan oilalarga BHMning 2 baravari (540 ming so'm) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko'rsatiladi;

27
30-aprel umumxalq hayriya hashari o'tkaziladi

Hukumat farmoyishiga (199–F, 26.04.2022-y.) asosan sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida 2022-yil 30-aprel kuni “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o'tkaziladi.

26
Radio efiri orqali qabul qilingan qonun hujjatlari tushuntirildi

Qamashi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari A.Turayev, N.Xurramov, O.Zulfiqorov, B.Ro‘ziyev, F.Ashurov, A.Rahmatovlar tomonidan “Oltin voha” radiosining “Inson va qonun” eshittirishi orqali yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan intervyular berildi.

26
Radio efirida

Joriy yilning 26 aprel kuni Muborak tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i X.Xayitov tomonidan “Oltin voha” radiosining “Qadriyat” eshitirishi orqali itervyu berdi.

Eshitirishda qarz shartnomasi qanday tartibda rasmiylashtirilishi haqida aholiga ma’lumotlar berildi.

26
Jazoni ijro etish muassasasida targ‘ibot tadbiri

Qarshi tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Qarshi shahridagi

Shayx-Ali  qo‘rg‘onchasida joylashgan 4-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi, 3-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.