Янгиликлар
Tibbiyot xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 21-aprel kuni Kasbi tuman adliya bo‘limi hamda tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–201-son qarori mazmun-mohiyati, mehnat qonunchiligi tushuntirildi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlarining huquqiy muammolari tinglanib, 12 nafar tibbiyot xodimlariga huquqiy tushuntirishlar berilib, 2 nafar xodimning arizalari bo‘lim ish yurituviga olindi.