Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

19
HUDUDLARDA SAYYOR QABULLAR

Joriy yilning 17-18- iyul kunlari Kasbi,Kitob, Ko'kdala, G'uzor hamda Qarshi shahar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan tumanning olis hududlarida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

18
Sodda talqin: maqsadli qabul haqida nimalarni bilish kerak?

Ayni kunlarda yurtimizda oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish jarayonlari avjida. Bunda abituriyentlar “maqsadli qabul” atamasiga duch keladilar. Quyida “Hudud24” kolumnisti Huquqshunos Neʼmatullo Zamonov “maqsadli qabul”ni sodda qilib tushuntiradi.

17
Kursga qabul

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Garov (ipoteka) shartnomalari hamda ularni tasdiqlashning o‘ziga xos xususiyatlari” nomli qisqa muddatli o‘quv kurs uchun qabul boshlaganini ma‘lum qilamiz.

Qisqa muddatli o‘quv kursida quyidagi modullar asosida bilim olasiz:

GAROV (IPOTEKA) SHARTNOMALARI
IPOTEKA SHARTNOMALARI VA ULARNI TASDIQLASH

Malaka oshirish kurslari shartnoma asosida pullik amalga oshiriladi. 1 nafar tinglovchi uchun o‘quv kursining (18 soatlik) o‘qish narxi –415.800 so‘mni tashkil etadi.

O‘quv kursi  malakali mutaxassis Zuxra Musayeva, Nargis Meyliyevalar tomonidan olib boriladi.

O‘z joyingizni band qilishga ulguring, kursga yozilish uchun: +998909690609, +998915918180 raqamlari bilan bog‘laning.

16
Adliya sarhisobi


Joriy yilning 6 oyi davomida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 5 532 ta nikoh qayd etildi.

Eng ko'p nikoh qayd etilgan hududlar!


1-QARSHI SHAHAR FHDY BO'LIMI  — 1189 ta;

2-KOSON TUMAN FHDY BO'LIMI — 953 ta;

3- QAMASHI TUMAN FHDY BO'LIMI — 889 ta;

4- YAKKABOG' TUMAN FHDY BO'LIMI — 843 ta.

15
Bogʻchalarga qabul: muhim 7 savolga javob

7 yoshga toʻlgan bolalar bogʻcha bilan xayrlashib, maktabga yoʻl oldi. Ushbu mavsumda respublika boʻylab barcha davlat maktabgacha taʼlim muassasalari 3 yoshli bolalarning katta guruhini qabul qiladi. Bogʻchalarda joy boʻshayotgani evaziga navbatlar tezroq keladimi? Bolalarni MTTga joylashtirish tartibi qanday? Bogʻchaga navbati kelgan bolalarning ota-onalari nimalarni bilishi kerak? Shu kabi muhim savollarga Maktabgacha taʼlim agentligi masʼul xodimi Gulbahor Parpiyeva javob berdi:

14
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida joriy yilning 6 oyi davomida 730 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi.

 ✅ Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida o‘tkazilgan tekshirish va monitoringlar natijasida jami 730 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi;

✅ Ularni bartaraf etish yuzasidan 35 ta taqdimnomalar tegishli tashkilot va tadbirkorlik subyektlariga kiritildi;

✅ Shundan 26 nafar mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi;

✅ Qonunbuzilish holatlari yuzasidan 10 nafar shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

✅ 77 marotaba profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, profilaktik tadbirlar bayonnomalari belgilangan muddatlarda “Yagona davlat nazorati” tizimiga kiritib borilmoqda.

13
Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?

Pensiya (nafaqa) miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi (http://old.lex.uz/docs/-4823571).

13
“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga qanday imtiyozlar berilgan?

“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga qanday imtiyozlar berilgan? Xotin-qizlarning bandligiga qanday yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi? Necha foizlik stavkada kreditlar beriladi? Quyida ayollarga berilgan 10 ta imtiyoz haqida maʼlumotlar jamlandi.
1.    Bandligi taʼminlanadi
Xotin-qizlarning bandligiga quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi:
a) tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;

12
Uyda tugʻilgan bolaning tugʻilganlik fakti qanday rasmiylashtiriladi?

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 20-bandiga asosan (Hukumatning 387-son qarori)  tugʻuruqxonalardan tashqari joylarda  va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaning tugʻilganligini qayd etish uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida
amalga oshiriladi.

Bunday holatlarda bolaning ushbu  onadan tugʻilganligiga guvoh boʻlganlar  ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tasdiqlagan dalolatnoma tibbiy maʼlumotnoma berish uchun asos hisoblanadi.

11
Tog'ayevlar oilasining 4 nafar a'zosiga tug'ilganlik guvohnomasi berildi. 

Mahallalarda o'tkazilgan o'rganishlar jarayonida Nishon  tumani "Shirinobod" mahallasida 4 nafar bola  tug‘ilganlik guvohnomasi olmasdan yashab kelayotgani aniqlangan.

Surishtiruv va tahlillar natijasida ma'lum bo‘lishicha, bolalarning guvohnomasiz qolib ketishida tug‘ilish jarayoni tug‘ruqxonada emas, balki xonadonlarda bo‘lgani, bundan tashqari, onasining hujjati yo'qligi sabab bo‘lgan.