Янгиликлар
11
HUDUDLARDA SAYYOR XIZMATLAR
Yakkabog' tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanning olis hududlaridan biri “Savuqbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi sayyor xizmatlar o‘tkazildi.
Aholiga id.gov.uz va my.gov.uz portallaridan foydalanish, jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish, farzandlarini davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun 22 ta yo‘llanma, 62 ta Mobil ID hamda ERI kalitlari olib berildi.
Davlat xizmatlari sohasidagi va qonunchilikdagi yangiliklar ham targ‘ib qilindi. Davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida huquqiy maʼlumotlar berildi.