Янгиликлар
12
ADLIYADA OCHIQ ESHIKLAR KUNI
ADLIYADA OCHIQ ESHIKLAR KUNI
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va adliya organlari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat Yuridik texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Dastlab, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari J.Zoxidov o‘quvchi yoshlar bilan suhbat qilib, huquqshunos kasbi va uning mashaqqatlari hamda sharafli kasb ekanligini ta’kidlab, huquqshunos xodimi bo‘lish uchun vatanni sevish, fanlarni chuqur o‘zlashtirish va sport bilan doimiy shug‘ullanish lozimligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, yoshlarni adliya organlarining vazifa, funksiyalari hamda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi va boshqarma bo‘limlari bilan tanishtirib chiqildi.