Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

“ADLIYA AYOLI” respublika ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi g'olibi aniqlandi.


“ADLIYA AYOLI” respublika ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi g'olibi aniqlandi.

Avval xabar berganimizdek "Adliya ayoli" ko'rik tanlovning viloyat bosqichida  7 nafar soha xodimalari ishtirok etib, belgilangan uchta shart asosida g'oliblik uchun o'zaro bahslashishdi. 

Ishtirokchilar birinchi shartda huquqiy mavzudagi test sinovidan o'tgan bo'lsa, ikkinchi shartda ish faoliyatida duch keladigan dolzarb masalalarni hal etish borasidagi taklif  va malakalarini, uchinchi shartda stol tennisi bo'yicha mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi. 

Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra,

1- o'rin: Qashqadaryo viloyat yuridik texnikum o'qituvchisi Zokirova Muhabbat

2- o'rin: Kasbi tuman FHDY mudirasi Shokirova Surayyo

3- o'rin: Koson tuman FHDY xodimi Berdiyorova Rushanaga nasib etdi.

Tanlovning g'olib va sovrindorlari viloyat adliya boshqarmasining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.