Янгиликлар
13
ADLIYA_HUDUD
Ayni paytda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlarning ham bosh maqsadi inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan. Ana shu oliy tamoyilni chuqur his qilgan holda adliya mas‘ullari ham doimiy ravishda xalq bilan muloqotda bo‘lib keladi.
Aholini kundalik muammolarini xonadonbay o‘rganish, ularni turmush faoliyatida mavjud tizimli huquqiy va boshqa muammolarni o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda tizim xodimlari tomonidan Mirishkor tumani "Oltin boshoq" MFY hududida monitoring ishlari olib borildi.
Jumladan, monitoring davomida MFY hududida xonadonlarga uyma-uy kirgan holda jinoyatchilikni oldini olish, ularni kundalik turmushi davomida qiynab kelayotgan huquqiy , ta‘lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ayrim muammolar shu joyini o‘zida hal etilgan bo‘lsa, ayrimlari viloyat darajasidagi muammolar boshqarma ish yurituviga olindi.