Янгиликлар
09
STRATEGIYA TARG'IBOTI
Davlatimiz rahbarining “O’zbekiston–2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston-2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini keng aholi vakillari, tashkilotlar orasida targ‘ibot qilib borilmoqda.
Joriy yilning 6- oktabr kuni "TIQXMMI" MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida o'qituvchi va ishchi xodimlar uchun targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
Unda O'zbekiston-2030 strategiyasida nazarda tutilgan yo'nalishlar va maqsadlarning mazmun - mohiyati hamda Yangi tahrirdagi konstitutsiya haqida ham batafsil tushuntirildi.
Tadbir davomida xodimlar o'rtasida konstitutsiyaga oid savol -javoblar tashkil etildi.