Янгиликлар
12
STRATEGIYA_2030
Bugun adliya boshqarmasining mas‘ul xodimlari tomonidan Qarshi shahrining Do‘stlik uyida O‘zbekiston - 2030 strategiyasi hamda uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari mazmun-mohiyatini tushuntirsh bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda davlat organlari, nodavlat-notijorat tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga O‘zbekiston-2023 strategiyasini tasdiqlash va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarori batafsil tushuntirildi.
Tadbir davomida Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan doimiy hamkorlikda faoliyat yuritib kelayotgan viloyatdagi 5 ta davlat organlari va tashkilotlarining xodimlariga sertifikatlar topshirildi.