Yangiliklar
Adolat — davlat barqarorligi va jamiyat ishonchining eng mustahkam poydevoridir.
Bugungi kunda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda odil sudlov samaradorligini oshirish davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirilmoqda. Bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan 2026 yil 16 fevralda qabul qilingan “Mamlakatimiz taraqqiyotining 2030 yilga mo'ljallangan ustuvor yo'nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 21-sonli Farmonning qabul qilinishi sud-huquq tizimini sifat jihatidan
#Huquqiy_aksiya
#Mulk_huquqlari_kafolatlari
✍️ “Mulk huquqlari kafolatlari” oyligi doirasida fuqarolarni mulk huquqlari bilan bog'liq muammolarini o'rganish yuzasidan so‘rovnoma tashkil etildi.
???? So‘rovnoma orqali fuqarolarning mulk huquqlariga oid muammolari, amaliyotda uchrayotgan kamchiliklar hamda taklif va fikrlari o‘rganiladi.
???? Olingan natijalar asosida tegishli choralar ko‘rish, huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish va amaliy yechimlar ishlab chiqish rejalashtirilgan.
???? Hurmatli fuqarolar, sizning fikringiz biz uchun muhim!
❗️So‘rovnomada ushbu ???? havola (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe4ZkTcDqPMagZVRIAy_fCI1AOAhT_zYvr-Ya0OjDWencsVUg/viewform?usp=dialog) ???? orqali ishtirok etishingiz mumkin.
❗️Hududlarda profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
???? Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan G'uzor tumani "Gulshan" MFY hududida "mahalla yettiligi" va mavjud nizoli oila vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.
✅Uchrashuv davomida nizoli oilalarning oilaviy nizolarning oldini olish, oilani saqlab qolish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va totuvlikni mustahkamlash yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
???? Shu bilan birga, mahallada tashkil qilingan "Adliya burchagi" hamda "Adliya kutubxonasi" ko'zdan kechirilib, "mahalla yetiligi" aʼzolari faoliyatini "Metodik jihatdan taʼminlash" boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
???? Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi
#Adliya_xabari
❗️Oila tinchligi - mahalla tinchligi
⚡️Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan Yakkabog' tumani "Istiqlol" MFY hududida "mahalla yettiligi" va mavjud nizoli oila vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.
????Uchrashuv davomida nizoli oilalarning oilaviy nizolarning oldini olish, oilani saqlab qolish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va totuvlikni mustahkamlash yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
✅Shuningdek, ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik normalari, oilaviy mas’uliyat hamda muammolarni qonuniy va murosali yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
#Adliya_xabari
Oila tinchligi - mahalla tinchligi
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan Yakkabog' tumani "Istiqlol" MFY hududida "mahalla yettiligi" va mavjud nizoli oila vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida nizoli oilalarning oilaviy nizolarning oldini olish, oilani saqlab qolish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va totuvlikni mustahkamlash yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik normalari, oilaviy mas’uliyat hamda muammolarni qonuniy va murosali yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
#adliya_ogohlantiradi
❗️Narkojinoyatlarga homiylik qilganlar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi
⏺️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilganlar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishiga doir normalar belgilanmoqda.
#Adliya_xabari
#Adliya_kuni
????Hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1- 2 - son qarori ijrosi yuzasidan aholi bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Bugun viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev tomonidan Ko'kdala tumanidagi "Qo'chqorbuloq", Qamashi tumanidagi "Jonbo'z" hamda Chiroqchi tumanlaridagi "Qo'rg'ontepa" mahallalarida nizoli va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbatlar o'tkazilib, ajrimlarning oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari, nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklari batafsil tushuntirildi.
????Jinoyatchilik, xususan, ayollar va bolalarga nisbatan zo’ravonlik, oilaviy tazyiqning barcha ko‘rinishlarini oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko'rildi.
????Aholi, shuningdek, tashkilot va idoralarning mas'ul xodimlariga, mahalla yettiligi a'zolariga yoshlar jinoyatchiligi, giyohvandlikka qarshi kurashish hamda ularning oldini olishning asosiy jihatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.
????Mahallalarda fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar, imtiyozlar mazmun-mohiyati yetkazilib,"Huquqiy axborot","my.adliya.uz","Mobil ID","Odil chatbot", hamda "Advise.uz" axborot portallariga a'zo bo'lishi tavsiya etildi.
#adliya_xabari
⭐️Qashqadaryoda yana 1 911 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
✅Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining joriy yil 7 -fevraldagi sessiyasida fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo'lgan huquqlarini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.
✍️Mazkur sessiyada jami 1 911 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.
????Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
????Ma’lumot uchun, Qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 7 155 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
????Kanalga ulanish
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
#Adliya_kuni
#Huquqiy_targ'ibot
O’ZIMIZ KELDIK
❗️Shahrisabz shahar adliya bo‘limi hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Ipak Yo‘li MFY hududida yashovchi fuqarolar uchun sayyor xizmatlar o‘tkazildi.
✅Tadbir davomida G‘alaba MFYda yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqaro M.Jalmatovaning oila a’zosi murojaatiga asosan, fuqaro xonadoniga chiqib xizmat ko‘rsatildi.
✅Fuqaro nomida bo‘lgan uy-joyning kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, murojaat ijobiy hal etildi. Shuningdek, fuqaro va uning oila a’zolariga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
#Adliya_kuni
ADLIYA SIZNI ESHITADI!
Gʻuzor tumanida aholiga qulaylik yaratish va ularning muammolarini joyida hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul Davlat xizmatlari markazi (DXM), Adliya bo‘limi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda Madad huquqiy maslahat byurosi hamkorligida tumandagi Mustaqillik MFYda o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, aholiga joyida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, bir qator masalalar ijobiy hal etildi.
Aholiga yanada yaqin bo‘lish, murojaatlarni tezkor va samarali ko‘rib chiqish — adliya organlarining ustuvor vazifalaridan biridir.