Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Adliya xabari


#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning fuqarolikni rasmiylashtirishiga huquqiy asos yaratildi

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida yashovchi fuqaro uzoq yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtira olmay kelgani sababli adliya organlariga murojaat qildi.

O‘rganishlar davomida fuqaro mustaqillikdan keyin ham sobiq O‘zbekiston SSR pasportidan foydalanib kelgani va shu bois fuqarolik masalasini rasmiylashtirishda qator muammolarga duch kelgani aniqlandi.

Fuqaro manfaatlarini ko‘zlab adliya bo‘limi tomonidan sudga O‘zbekiston Respublikasida 1991-yildan buyon doimiy yashab kelganlik faktini belgilash to‘g‘risida da’vo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan da’vo talablari qanoatlantirilib, fuqaroning 1991-yildan buyon O‘zbekiston hududida doimiy yashab kelganlik fakti belgilandi.

Natijada fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtirishi hamda milliy pasport olishi uchun zarur huquqiy asos yaratildi.

Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.