Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

30
Adliya xabari

#adliya_hudud

⚡️Bugun Kitob tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Birlik mahallasida mahalla yettiligi hamda mahalla faollari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

????Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi. Xususan, ushbu Qaror doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning ogohligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

????Shuningdek, fuqarolarga my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uydan chiqmagan holda onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari keng targ‘ib qilindi.

????Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olish tizimi — census.stat.uz saytiga kirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

30
Adliya xabari

#adliya_hudud

Muborak tuman adliya bo‘limi xodimlari, tomonidan "Obod turmush" mahallasida “Adliya kuni” doirasida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etish bo’yicha tushunchalar berildi va etirof.kadastr.uz saytining avzaliklari tushuntir o'tildi, bundan tashqari my.gov.uz ilovasini o‘rnatish va mavjud xizmatlardan foydalanish bo‘yicha targ‘ibot  tadbiri o‘tkazildi.

Shu bilan bir qatorda fuqarolarning huquqiy savollari va muammolari o’rgalindi, O'RQ-1083-sonli qonun,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori mazmun-mohiyati mahalla aholisiga sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi.

Fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi, mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

29
Adliya xabari

#Adliya_mahallada

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-1-son Qaori ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Koson tumani adliya bo’limi xodimlari tomonidan  tumandagi "Toshko’prik”mahallasida aholi muammolari "xonadonbay" o'rganilmoqda.

Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qonunchilikdagi imtiyozlar haqida xabardor qilish, ishsizlikdan himoyalanish va imkoniyatlardan foydalanish tartibi energiya tejamkorligi va ulardan foydalanish samaradorligi hamda imtiyozlar haqida xabardor qilindi.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish ularning oqibatlari va qilmish uchun jazo muqarrarligi masalalarini yetkazish (PQ-1 sonli qaror mazmuni haqida tushuntirishlar berildi.

29
Adliya xabari

#adliya_hudud

“Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida raqamlashtirish va qonuniy faoliyatni ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Bugun viloyat soliq boshqarmasi, Qarshi shahar hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya, Davlat xizmatlari markazi hamda bozor ma’muriyati hamkorligida “Yerqo‘rg‘on oziq-ovqat dehqon bozori”da profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda fuqarolarning davlat ro‘yxatidan o‘tishiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tadbir davomida tadbirkorlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud imtiyoz va qulayliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan fuqarolar Qarshi shahar Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari tomonidan joyida tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmoqda.
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

24
Sovuq kunda qaynoq xizmatlar


Sovuq kunda — qaynoq xizmatlar!

☕️ Qishning sovuq kunlarida , Davlat xizmatlari markazi ostonasidan kirib kelgan har bir mijoz xush kayfiyat va mehr bilan kutib olinadi. Issiq choy va shirinliklar ulashayotgan xodimlarimiz esa kayfiyatingizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

???? Bugun viloyatimizning har bir tuman Davlat xizmatlari markazlarida ana shunday samimiy muhit, iliq kayfiyat va e’tibor hukm surmoqda. Qorli va sovuq kunlarda ham biz sizga iliqlik, mehr va sifatli xizmat ulashishdan to‘xtamaymiz.

23
Коррупцияга қарши кураш – кечиктириб бўлмайдиган вазифа

Коррупцияга қарши кураш – кечиктириб бўлмайдиган вазифа

Коррупция — бу мансаб ёки хизмат ваколатларидан шахсий манфаат йўлида ноқонуний фойдаланиш ҳолатидир. У пора олиш ёки бериш, таниш-билишчилик, мансабни суиистеъмол қилиш каби шаклларда намоён бўлади. Коррупция нафақат давлат бошқаруви, балки иқтисод, таълим, тиббиёт ва бошқа соҳаларга ҳам салбий таъсир кўрсатади.
Коррупциянинг оқибатлари: Коррупция жамият тараққиётини секинлаштиради, иқтисодий ўсишга тўсқинлик қилади ва аҳолининг давлатга бўлган ишончини пасайтиради. Инвесторлар учун ноқулай муҳит яратилади, давлат маблағлари самарасиз сарфланади. Энг хавфлиси, коррупция ижтимоий адолат принципларини бузиб, аҳоли ўртасида тенгсизликни кучайтиради.
Коррупцияга қарши кўраш: Коррупцияга қарши кураш комплекс ёндашувни талаб қилади. Аввало, қонунчиликни такомиллаштириш ва унинг амалда тўлиқ ишлашини таъминлаш муҳим. Давлат органлари фаолиятида очиқлик ва шаффофликни кучайтириш, рақамли технологияларни жорий этиш коррупция хавфини камайтиради.
Шу билан бирга, жамиятда коррупцияга нисбатан муросасиз муносабатни шакллантириш катта аҳамиятга эга. Таълим муассасаларида ҳалоллик, виждон, қонунга ҳурмат каби қадриятларни тарғиб қилиш орқали ёш авлод онгида коррупцияга қарши иммунитет яратиш мумкин.
Хулоса қилганда коррупция — бу бутун жамият учун хавфли иллат. Унга қарши кўраш фақат давлатнинг эмас, балки ҳар бир фуқаронинг масъулиятидир. Қонунга итоат, ҳалол меҳнат ва фаол фуқаролик позицияси орқалигина коррупциясиз жамият қўриш мумкин.


ЖИБ Бойсун туман
судининг тергов судьяси
Н.Махмудов

09
Adliya xabari

#adliya_hudud

Muborak tuman adliya bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Muborak tuman “Tong” MFYda yashovchi fuqarolar uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida aholini uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan huquqiy muammolar o‘rganilib, ularning yechimi bo'yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilib,


08
Adliya xabari

#bilasizmi

⁉️Kechki yoki sirtqi ta'lim shakli bo'yicha ta'lim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensasiyalarni bilasizmi?

Kechki yoki sirtqi ta'lim shakli bo'yicha ta'lim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensasiyalarni bilasizmi?
Amaldagi qonunchilikka ko'ra, oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta'lim shakli bo'yicha o'qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o'quv ta'tillari:

oliy ta'lim tashkilotlarida kechki ta'lim shaklida o'qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tashkilotlarida — kamida o'n kalendar kun, oliy va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarida sirtqi ta'lim shaklida o'qiyotganlarga esa — kamida o'ttiz kun;

oliy ta'lim tashkilotlarida kechki ta'lim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o'qiyotganlarga — kamida o'ttiz kalendar kun, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va o'rta maxsus ta'lim, kasb hunar ta'limi tashkilotlarida sirtqi ta'lim shaklida o'qiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga o'rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.

Mehnat to'g'risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganiga nisbatan davomiyligi ko'proq bo'lgan o'quv ta'tillari nazarda tutilishi mumkin.

Ishni o'qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat ta'tillari ular o'quv ta'tillaridan foydalanganligidan qat'i nazar beriladi.

Ish beruvchi oliy ta'lim tashkilotlarida sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta'lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo'lkira haqining ellik foizidan kam bo'lmagan miqdorini to'laydi. Davlat attestasiyasidan o'tish uchun xuddi shunday miqdorda yo'lkira haqi to'lanadi.

Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

07
Adliya xabari

❗️Қашқадарёда 2025 йилда қарийб 99 минг чақалоқ туғилди

Қашқадарё вилоят Адлия бошқарма Ахборот хизматининг «Қашқадарё аҳли»га маълум қилишича, 2025 йил давомида Қашқадарё вилоятидаги туман ва шаҳар ФҲДЙ бўлимлари томонидан жами 98 969 та туғилиш ҳолати қайд этилди. Шундан 51 680 нафари ўғил болалар, 47 289 нафари қиз болаларни ташкил этди.

Шунингдек, туғилишни муддатидан кеч қайд этиш ҳолатлари 682 та бўлган. Суд қарорлари асосида туғилишни қайд этиш 14 та, топиб олинган (ташлаб кетилган) болалар туғилишини қайд этиш ҳолатлари эса 2 тани ташкил этди.

Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг????
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEag43PSTC9kTJgRaQ