Yangiliklar
#Adliya_xabari
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
✅ Hay’at majlisi videokonferensaloqa shaklida tashkil etilib, unda viloyatdagi tuman (shahar) adliya bo’limlari va muassasalarining rahbar hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
✅ Tadbir davomida 2025-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, hududiy adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash va xizmat sifatini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Kamchiliklarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish va takrorlanishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
✅ Kun tartibidagi boshqa masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
????????Dehqonobodning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi o‘zgaradi: Yangi chora-tadbirlar muhokama markazida!
✅Bugun Dehqonobod tumani hokimligi binosida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son Qarori asosida ishlab chiqilgan 2026-yilning birinchi yarmiga mo‘ljallangan, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy va kriminogen vaziyatini barqarorlashtirishga qaratilgan muhim "Yo‘l xaritasi" ijrosi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
????Tadbirda, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Nuriyev Saloxiddin Samadovich va Dehqonobod tumani hokimi Shokirov Sherzod Oʻtkirovich hamda tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.
????Yig'ilish davomida voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiyasi, erta nikoh, ajrim, oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish hamda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va mahallalardagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish kabi strategik vazifalar barcha davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi.
????Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan Dehqonobod tuman prokuraturasida tashkil etilgan SHTAB faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ularga amaliy ko'rsatmalar berildi.
✅Mazkur tadbirlar tuman aholisining turmush darajasini oshirish va yangicha ishlash tizimini joriy etish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
????Mulk huquqlari huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Shahrisabz tumani adliya bo‘limi tomonidan "Obod" MFYda 2026-yil 12-fevral kuni “Mulk huquqlari aksiyasi” doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarga:
✅ mulk huquqlarini rasmiylashtirish tartibi
✅ ko‘chmas mulk bitimlarini qonuniy amalga oshirish
✅ mulk daxlsizligi va uning kafolatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.
Mazkur tadbir aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda mulk huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
#Adliya_xabari
❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 son va PQ 2-son qarori ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev Kitob ,Shahrisabz tumanlari hamda Shahrisabz shahrida bo‘ldi.
⭐️Kitob tumanidagi “Paxtaobod”, Shahrisabz tumanidagi "Shamaton" va Shahrisabz shahridagi “Ma'rifat” mahallalarida “Nizoli oilalar” bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda oilaviy ajrimlarning oldini olish, oila mustahkamligini ta’minlash va farzandlar manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
????Shuningdek, joylardagi yarashtiruv komissiyalariga metodik yordam ko'rsatildi.Oilaviy nizolar sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy-huquqiy yordamlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
#xavfsiz_mahalla
#adliya_hudud
⭐️Viloyat shtabi 2-guruh a’zolari hamda tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlari tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholi bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan PQ-1 va PQ-2-son qarorlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinmoqda.
✅Shu munosabat bilan Koson tumani prokuraturasida tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganilib, unda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, muammoli oilalar va xavf guruhidagi shaxslar bilan ishlash holati, idoralararo hamkorlik samaradorligi hamda belgilangan vazifalarning ijro intizomi ko‘zdan kechirilmoqda.
????O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda manzilli choralarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.
#adliya_aralashgach
????Adliya aralashuvi bilan fuqarolarning mulkiy huquqi tiklandi
????Nishon tumani Paxtaobod MFYda yashovchi fuqarolar — Xazratqulova Roxat va Po'latov Sohib uzoq vaqt davomida yashash xonadoni xatlovdan qolib ketganligi sababli egalik huquqini rasmiylashtirishda muammoga duch kelib kelayotgan edi.
????Xatlov ishlari o'z vaqtida to'liq amalga oshirilmagani tufayli ular uy-joyiga nisbatan egalik huquqi bo'yicha qaror ololmay, turli idoralarga murojaat qilgan. Biroq murojaatlardan kutilgan natija bo'lmagan.
????Shundan so'ng fuqarolar adliya bo'limiga murojaat qildi. Adliya organlari tomonidan murojaatlar atroflicha o'rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qayta o'lchov (xatlov) ishlari tashkil etildi.
????Qayta o'lchov natijalariga ko'ra, fuqarolarning yashash xonadoni bo'yicha hujjatlar qonuniy tartibda rasmiylashtirilib, egalik huquqi to'g'risida tegishli qaror qabul qilindi.
#Xavfsiz_mahalla
Mahallalarda muammolar o‘rganilib, jinoyatchilikning oldi olinmoqda
Viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazilib, fuqarolarning muammolari o‘rganilmoqda. Murojaatlar tinglanib, huquqiy tushuntirishlar berilmoqda hamda amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, aholi o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan PQ–1va PQ2 qarori mazmun-mohiyati ham keng tushuntirilmoqda. Fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsad qilingan.
Joylarda olib borilayotgan bu kabi targ‘ibot va o‘rganishlar tinchlik va osoyishtalik maqsadida amalga oshirilmoqda.
#Adliya_mahallada
Aholiga huquqiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, fuqarolarning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar:
Ko‘kdala tumani Qo‘chqorbuloq MFY
Yakkabog‘ tumani Istiqlol MFY hududlarida o‘tkazildi.
Unda fuqarolarga:
huquqiy maslahatlar berildi,
davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari tushuntirildi,
mavjud murojaatlar joyida qabul qilindi,
muammolarni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, PQ–1-son qaror ijrosi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilib, jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirishlar berildi.
Bu kabi tadbirlar aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
#Adliya_xabari
Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlari qizgʻin davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosi yuzasidan hududlarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Shu munosabat bilan Adliya vazirining o‘rinbosari N. Muxammadiyev Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida bo‘lib turibdi.
Safar davomida:
Shahardagi "Shoh bekat", "Oqtepa", "Gungon", "Qavali" mahallalarida bo'lib, mahalla yettiligi bilan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha jarayonda ishtirok etib, amaliy yordam va mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ro'yxatga olish ishlarining ikkinchi bosqichi joriy yilning 28-fevral kuniga qadar davom etadi.
#adliya_hudud
Bugun Qamashi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Mangʻit va Ibn Sino MFYlarida mahalla yettiligi hamda mahalla faollari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi. Xususan, ushbu Qaror doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning ogohligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarga my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uydan chiqmagan holda onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari keng targ‘ib qilindi.
Tadbir davomida fuqarolarga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek, ularga etirof.kadastr.uz sayti imkoniyatlari va afzalliklari tushuntirildi.