Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Adliya xabari


#adliya_xabari

Qashqadaryoda 12 mingga yaqin uy-joylarga egalik huquqi berildi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada jami 552 nafar (https://t.me/Qashkadastrpress/18369) fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

Endi ushbu xonadon egalari Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilib, o‘z uy-joylarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

E’tiborlisi, bugungi kunga qadar Qashqadaryo viloyatida 11 749 ta uy-joylarga nisbatan egalik huquqi rasmiy tan olindi.