Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

24
Yangi tahrirdagi konstitutsiya muqaddimasi

Yangilangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tahlil qilib borishda, avvalo, uning muqaddima qismini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Avvalgi qabul qilingan konstitutsiyamizning va yangi tahrirda qabul qilingan konstitutsiyamizning mazmunini ochish berishda, albatta, muqaddimalarning ahamiyati kattadir.

24
Huquqiy targ;ibot kuni

Qarshi shahar adliya bo'limi (YXKM, FXDY, DXM) xodimlari tomonidan "G'.G'ulom" va "Ravoq" MFY larida "Huquqiy targ'ibot kuni" tashkil etildi.Tadbirda byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Qarshi shahar bo'limi boshlig'i ham ishtirok etdi.

24
Adliyada "Ochiq eshiklar" kuni

Ko'kdala tuman adliya bo’limida otaliqqa olingan yoshlar hamda tumandagi 4-umumta’lim maktabining o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

23
adliya va hudud

Joriy yilning 23-oktyabr kuni Muborak tumani adliya bo‘limi tomonidan “Qarliq” hamda “Yangiodod” MFYlarida uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi va ularning yechimi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar va tavsiyalar berildi.

22
Sayyor qabul

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti to‘rtinchi mintaqaviy hudud 3-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlarga sayyor qabul tashkil etildi.

22
YOSHLAR SAYLI 

Qashqadaryoda "Huquqiy targʻibot oyligi" doirasida "Men islohotlarga daxldorman" mavzusida YOSHLAR SAYLI  oʻtkazildi.
Tadbirda 600 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

22
Adliya va hudud

Joriy yilning  22-oktabr kuni Kasbi tuman adliya bo'limi tomonidan “Oqqamish” MFYda, Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan hamda “Xiyobon” MFYda uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari o‘rganilib, ularning yechimi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va huquqiy muammolar mahalla.adliya.uz platformasiga ijro uchun yuborildi.

21
TAYINLOV

Maxammadiyeva Mashhura Asqarovna    Shahrisabz shahar adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi

16
Adliya va yoshlar

Kitob tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash maqsadida 34-son maktabning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Adliya yoshlarni sportga chorlaydi” shiori ostida sport tadbiri tashkil etildi.

   Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom sport madaniyatini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

16
“Davlat tili” to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinganligining 35-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Til bor ekan millat barhayot. 

  Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash maqsadida 77-sonli o‘rta ta’lim maktabida “Davlat tili” to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinganligining 35-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

   O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda har kim o‘z hissasini qo‘shishi zarurligi hamda har kimdan tilga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etishi ta’kidlandi.

   Shuningdek, tilni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burch bo‘lib qolishi lozimligi ta’kidlandi.