Янгиликлар
29
Adliya xabari
#Mehr_ulash
❤️Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi doirasida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tizim xodimlari ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, aksiyada faol ishtirok etdilar.
❤️Kun davomida bir qator adliya xodimlari ko‘ngilli donor sifatida viloyat qon quyish stansiyasiga tashrif buyurib, beg‘araz qon topshirdilar.
❤️Bu kabi xayriya tadbirlari nafaqat insonlarga yordam, balki jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
✅ Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati