Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Nikoh shartnomasi targ'iboti


#adliya_hudud

Kasbi tumanida yoshlarga nikoh shartnomasi mazmuni tushuntirildi

✅Kasbi tumanida ajrimlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarda huquqiy ong va madaniyatni oshirish maqsadida tuman FHDYo bo‘limi, Xotin-qizlar faollari hamda imom-xatiblar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

✅Tadbir davomida yoshlarga nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda u orqali er-xotin o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarni oldindan belgilash imkoniyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

✅Shuningdek, oila mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish, o‘zaro hurmat va mas’uliyatli munosabatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

✅Tadbir yakunida yoshlar bunday uchrashuvlar ularning hayotiy qarorlarini ongli va mas’uliyatli qabul qilishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.