Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Adliya xabari


#Talaba_yoshlar
#Davlat_tashkilotiga_tashrif

Joriy yilning 27-noyabr kuni Xalqaro innovatsion  universitetning talaba-yoshlari uchun viloyat adliya boshqarmasiga tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalarga adliya organlarining asosiy vazifalari, Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, huquqiy davlat qurish jarayonida uning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalarning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan suhbat va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
  
Tadbir yakunida talabalar Konstitutsiyada belgilangan asosiy huquq va erkinliklarning amaliyotdagi qo‘llanilishi, adliya tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda mazkur sohaning ahamiyati borasida chuqur tasavvurga ega bo‘ldilar.

Ushbu tashrif O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib nishonlashga qaratilgan tashkiliy ishlarning muhim qismi sifatida amalga oshirildi.