Янгиликлар
28
adliya xabari
#adliya_hudud
???? Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom etmoqda.
Kuz–qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari viloyat adliya boshqarmasida bo‘lishdi.
Tashrif davomida binolardagi isitish tizimlari, elektr tarmoqlari, yong‘in xavfsizligi vositalari va boshqa muhim infratuzilma holati o‘rganildi.
Mutaxassislar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yong‘in va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir kuz–qish mavsumida xodimlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati