Янгиликлар
25
adliya xabari
#adliya_hudud
✍️Kitob tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari bugun Ulug‘bek mahallasida sayyor qabul o‘tkazishdi.
✍️Tadbir davomida mahalladagi tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, ularning huquqiy muammolari o‘rganildi. Aniqlangan murojaatlar esa mahalla.adliya.uz platformasiga kiritildi.
✍️Mazkur tashabbus fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularning muammolariga tezkor yechim topish va huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.
✍️Adliya bo‘limi xodimlari fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatib, mavjud masalalarni joyida hal etishga harakat qilishdi. Shuningdek, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF–157-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.