Yangiliklar
Qashqadaryo viloyatida joriy yilning yanvar - may oyi davomida 1661 ta tug'ilish qayd etildi.
Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida 1- iyun kunida Qarshi davlat universiteti o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi Targ'ibot bo'lim boshlig'i N.Sattorova hamda Qashqadaryo viloyati “Yurt tarovati” gazetasi bosh muharriri N.Ibragimova ishtirokida “Inson qadri- ulug‘” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kutubxona mudirlari hamda kutubxonachilariga oylik ustama haqlarining to‘lanishi holati o‘rganildi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi qarori 1-ilovasiga asosan “Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan.
Xoʻsh, apostil va apostil qoʻyish deganda nimalar tushuniladi?
Aholi bilan bo'ladigan uchrashuvlarda ko'plab kutilmagan hodisalar uchrab turadi. Ammo bunisi boshqalariga sira o'xshamaydi... Yigirma yil davomida hujjatlarda o'g'il bola bo'lib kelgan qizga nihoyat o'zining haqiqiy ismi yozilgan guvohnoma berildi.
2003 yilda tug'ilgan Lobar asli Koson tumanida tug'ilgan bo'lib,oilaviy qiyinchiliklar tufayli vaqtida tug'ilganlik guvohnomasini olinmadi.
Hujjati yo'qligi sabab maktabda ham to'liq tahsil ololmadi. Balog'atga yetgan qizini onasi hijjatsiz Buxoro shahriga turmushga berib yubordi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida 1 iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni" nomli ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri o'tkazildi.
Tadbir doirasida teatr tomoshalari hamda "Kim epchil - u, kim chaqqon" tanlovi bo'lib o'tib, unda boshqarmada faoliyat yurituvchi xodimlarning eng kichik oila a'zolari ishtirok etishdi.
Bugun xalqning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish, qulaylik yaratish va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yangicha tizimi hayotimizning ajralmas qismiga aylanishga ulgurdi. Adliya vazirligining viloyatlardagi boshqarmalari, Davlat xizmatlari markazlari va FHDYo organlari xodimlari odamlarga yaqin bo‘lish, tez, qulay va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratmoqda. Aholining markazga kelishini kutmay, chekka va olis hududlarda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilayotgani bunga yaqqol misoldir.