Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

30
4500 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan hududda davlat xizmatlariga ehtiyojlar bor

Qamashi tuman adliya boʻlimi, tuman Davlat xizmatlari markazi, tuman FHYO boʻlimi hamda yuridik markaz xodimlari bilan hamkorlikda olis togʻli hududlardan biri tuman markazidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan Koʻkbuloq MFY Langar qishlogʻiga aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida tashrif buyurishdi. 4500 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan bu hududda qishloq ahlining davlat xizmatlariga doimo ehtiyojlari bor.

30
Adliya ko‘magida fuqaro ishga tiklandi

Qarshi shahrida yashovchi fuqaro F.Jumayeva Qarshi temir yo‘l shifoxonasida hamshira bo‘lib ishlardi.
Yoshiga yetib pensiyaga chiqqach, shifoxona rahbariyati u bilan mehnat shartnomasini bekor qiladi. Bundan norozi bo‘lgan F.Jumayeva viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 7 mart kuni fuqaro F.Jumayeva kasalxona bosh shifokorining 61-son buyrug‘iga asosan 2021 yil 1 yanvar kunidan pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandiga asosan bekor qilingan.

30
Shiforkolar_davlatimiz_e'tiborida

Oliyjanob kasb egalari bo'lmish tibbiyot xodimlari har qanday vaziyatlarda inson salomatligi uchun kurashib, ularga malakali tibbiy xizmat ko'rsatib kelayotganliklari alohida e'tirofga molik.

30
MUG'LONDA AHOLI MUROJAATLARI O'RGANILDI!

  Koson tuman "Mug'lon" mahalla fuqarolar yig'inida viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari va  tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi,yuridik xizmat ko‘rsatish markazi,FHDY bo‘limi mas’ul xodimlari  “Adliya xodimlari- hokim yordamchilariga ko‘makdosh” loyihasi doirasida dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer maydonlarini “E-auksion.uz” platformasida yutib olish tartibi, shartlari, ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, 9 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 5 nafar fuqarolarning murojaatlari Kasbi tuman adliya bo‘lim ish yurituviga olinishi ta’minlandi.

30
СHIROQCHIDA SAYYOR QABUL

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarma boshlig'i o'rinbosari, tuman adliya bo'limi, tuman Davlat xizmatlari markazi ,tuman FHDY bo'limi hamda tuman yuridik markaz xodimlari tomonidan Chiroqchi tumani “Dodiq” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.

26
“Davlat xizmatlarini koʻrsatishda fuqaro eʼtibor markazida”

Kitob tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi Qaynar mahallasida hokim yordamchisi bilan birgalikda mahallada tashrif buyuruvchi turistlarni uy mehmonxonasi bilan taʼminlash istagida boʻlgan fuqarolarni tadbirkorlik subyekti sifatida shu joyning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtqazilibdi. Hamda tegishli tartibda guvohnomalar topshirilibdi.

26
Bo'lajak yuristlar amaliyotda!

Barcha sohalarda, qanday kasb bo'lishidan qat'i nazar, amaliyotga yo'naltirilmagan bo'lsa, kadrlar masalasida "muammo" yuzaga kelishi mumkin.

26
O'ZIMIZ_KELDIK aksiyasi aholi gavjum joylarda !!!

Bugun Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyatining barcha tuman hududlarida Davlat xizmatlari markaz xodimlari, mahallalarda,bozorlarda,aholi gavjum  joylarda sayyor xizmatlar kòrsatib kelmoqda.

26
SHERZOD VA ELDOR ENDI MAKTABGA BORA OLADI

Kitob tumanida yashovchi Samadov Begzod va Salomova Nargizalar mana bir necha yildirki, nikoh guvohnomasi yo'qligi uchun turli qiyinchiliklarga duch kelayotgan edi.

Turmush qurayotganda sharoit og'irligi uchun qonuniy nikohdan o'tmagan oila vakillari, ikki farzandiga ham tug'ilganlikni qayd etish guvohnomasi olishga imkon topisha olmadi. Oradan yillar o'tib, bolalar ulg'ayib maktab yoshiga yetganida farzandlarining hujjatlarini to'g'rilashga kirishdi.