Янгиликлар
24
Seminar
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 24-oktabr kuni viloyat hokimligi binosida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 595-son qarorining mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilari o'rtasida tushuntirish yuzasidan semenar tashkil etildi.
Mazkur semenarda viloyat hokimligi hamda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyat filialining 70 dan ortiq xodimlari ishtirok etishdi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari X.Nasimov tomonidan ishtirokchilarga, odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilganligi aytib o'tildi.
Semenar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.