Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Odam savdosiga qarshi kurashishda birdammiz


Odam savdosiga qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ma'sul xodimlarini qisqa muddatli o'qitish, hamda malakasini oshirish"ga mo'ljallangan o'quv mashg'ulotiga ishtirok etish uchun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi inson huquqlari bo'limi boshlig'i,Odam savdosiga va majburiy mehnatga karshi kurashish bo'yicha viloyat xududiy komissiyasi ishchi guruxi a'zolari, hamda tegishli idora va tashkilotlar xodimlari qatnashdi. 



O'quv mashg'uloti davomida Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazining Qashqadaryo viloyat bo'limi raxbari tomonidan O'zbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish va jabrlanuvchilar, aholi va ijtimoiy zaif guruxiga huquqiy yordam ko'rsatishga oid milliy va halqaro xuquqiy normativ hujjatlar, yangi tahrirdagi "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida" qonuniga kiritilgan asosiy tushunchalar, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 08.02.2021 y. VMQ-60 Qarori asosida taxmin qilinayotgan jabrlanuvchi shaxslarni identifikasiya qilish tartibi to'g'risida tushunchalarni aytib o'tdi. 

O'zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Odam savdosidan jabrlanganlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilish va psixologik qo'llab-quvvatlash, hududlarda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko'rsatishni tashkillashtirish, hamda oxirgi yillarda amalga oshirilgan ishlar to'g'risida tajribalari bilan almashildi. 

Ushbu o'quv mashg'ulotiga onlayn tarzda Qozog'iston Respublikasidagi O'zbekiston Respublikasining Elchisi mehnat migrasiyasi masalalari bo'yicha yordamchisi (Tashki mehnat migrasiyasi agentligining SHimkent shahridagi vakili) Tursunov Javoxir taklif etilgan bo'lib, Qozog'iston Respublikasida yurgan fuqarolarimiz uchragan muammolarga, ushbu kamchiliklarni qaysi yo'llar bilan bartaraf etish kerakligi to'g'risida takliflar kiritildi.