Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Qashqadaryo viloyatida DXMlar orqali 700 mingdan ortiq xizmatlar ko'rsatilgan


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 9 oyi davomida jami 702.426 ta davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lib, 2021 yil 9 oyi davomida 496.610 ta xizmatlar ko'rsatilgan.Natijada xizmatlar soni 205.816 taga ko'paygan.

Shundan 2022 yil 9 oyida Davlat xizmatlari markazlari orqali 625.201 ta va yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali orqali 77.225 ta xizmatlar ko'rsatilgan bo'lsa,

tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 9 oyi davomida jami 8229 ta kichik biznes subyektlari davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi, shundan MCHJ 3402 ta, oilaviy korxonalar 1612 ta va xususiy korxonalar 1782 ta va boshqalar (FX, DUK, ICHK, NTM) davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 9 oyi davomida jami 24330 yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi, shundan 16238 ta yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo'jaligi, 7962 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik va boshqalar (hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik) davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 9 oyi davomida jami 3625 ta kichik biznes subyektlari qayta ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lib,tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 9 oyi davomida jami yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari 682 ta qayta ro'yxatdan o'tkazilgan.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati