Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

07
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartiblari soddalashtirilmoqda

Bizga ma’lumki, 2022-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-113-son Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 avgustdan boshlab, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi (keyingi o‘rinlarda — Mobil-ID tizimi) joriy etiladi.

Mobil-ID tizimi «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;

Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda — YAIDXP) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;

07
Sayyor qabullarda aholi murojaatlari o'z ijobiy yechimini topmoqda

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi.
Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

06
Pandironlik ayolning murojaati ijobiy yechim topdi.

Kasbi tuman Pandiron mahallasida istiqomat qiluvchi Shohimardonova Shaxlo 10 yildan beri bolalikdan tug'ma nogiron farzandiga qarab kelmoqda.
U 18 yoshgacha nogiron farzandni parvarishi bilan band bo'lganligi uchun beriladigan nafaqa pulini olish maqsadida Kasbi tumani Davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi. Kasbi tuman Davlat xizmatlari markazi ushbu murojaatni o'rganib chiqib,tegishli hujjatlarga asoslanib,fuqaro murojaati o'z yechimini topdi. Yurtimizda nogironligi bor, o'zgalar qaramog'iga muhtoj bo'lgan fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Nogironligi bo'lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezidentning Farmoni bilan mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 440 000 so'mdan 622 000 so'mgacha oshirildi. O'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo'lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so'm miqdorida nafaqa to'lovi parvarishlash nafaqasi joriy etildi.


06
Dehqonobod tumani adliya bo'limi mas'ullari tuman markazidan 200 km uzoqlikdagi Duob va Terakli qishloq ayollari muammosini yaqindan o'rganishdi.

  Hududdagi xotin-qizlar muammolari “mahallabay” o'rganish jarayonida tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektori va FHDY mudirasi mahalla ayollari bilan suhbat olib borildi. Suhbatda Prezidentning PF 81-87-sonli farmoni targ'iboti, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash uchun olib borilayotgan ishlar, berilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish, ish o'rinlarini yaratish haqida ma'lumot berildi”, — deydi O.Ashurova

Sayyor xizmatlar jarayonida, tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish, himoya orderi berish, ajrim yoqasidagi notinch oilalar, sha'riy nikohdagilar, og'ir ijtimoiy ahvoldagi, ehtiyojmand xotin-qizlar muammolari yechimi yuzasidan ham tushuntirish olib borildi.

04
Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlarida 2022-yil may oyi yakuni boʻyicha “OYNING ENG YAXSHI XODIMI”

Qashqadaryo viloyati
Adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlarida
2022-yil may oyi
yakuni boʻyicha
“OYNING ENG YAXSHI XODIMI”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarini
ijrosini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi
Raximov Sardor Ulashovich

03
Bir murojaat izidan

  Sir emaski, keyingi yillarda Inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatida ham Inson manfaatlari ustuvorlik qilib, fuqarlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashlari yo‘lida barcha shart-sharoitlar muhayyo etilayotir.

03
20 nafar rus tili o'qituvchisining muammosi ijobiy hal etildi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilishi belgilangan edi.

03
Targʻibot tadbiri o‘tkazildi

Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Xalq ta’limi bo’limida  maktab direktorlari  ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil                25-maydagi PQ–258-sonli “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan  targʻibot tadbiri o‘tkazildi.

02
Bo'lajak yuristlar amaliyotda!

Barcha sohalarda, qanday kasb bo'lishidan qat'i nazar, amaliyotga yo'naltirilmagan bo'lsa, kadrlar masalasida "muammo" yuzaga kelishi mumkin.

02
Tayinlov

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli  buyrug‘iga asosan Umarova Nasiba Mavqiyevna Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Koson tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi mudirasi lavozimiga tayinlandi.