Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

38 YOSHLI FUQARO BIRINCHI MARTA GUVOHNOMA OLDI


Ba'zi hollarda, moliyaviy qiyinchilik, e'tiborsizlik, ota-onaning hujjatlari (pasport, nikoh guvohnomasi)ning mavjud emasligi va x.k sabablar tufayli tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma vaqtida olinmaydi. Bu holat kelgusida bola uchun nafaqa olishda, fuqarolikni belgilashda, uni bog‘chaga, maktabga berishda muammolar, ovoragarchiliklarga sabab bo‘ladi.

Ko'kdala tumanida yashovchi Norgul Rahmonqulova ham 4 nafar farzandning onasi. Ota-onasining e'tiborsizligi sababli vaqtida hujjat ololmagan fuqaro turmushga chiqib, farzandli bo'lganida hujjatlar kerak bo'lishini anglab yetdi va tuman FHDY bo'limiga o'ziga va farzandlari uchun guvohnoma so'rab murojaat qildi. N.Raxmonqulova guvohnomasi yo'qligi sabab, ancha sarson bo'lganini, hatto farzandlariga mahalladan yordam pullari ololmaganligi aytadi. Ko'kdala tuman FHDY bo'limi tomonidan fuqaroga tez fursatda  guvohnomalar rasmiylashtirilib berildi.