Yangiliklar
#Adliya_aralashgach
????Xodimlarning 75 million 609 ming 560 so‘mlik ustama pullari to‘lab berildi
Chiroqchi tumani 19-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati xodimi G. Salixova va boshqalar ustama pullari to‘lab berilmayotganidan norozi bo‘lib, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga jamoaviy murojaat qilishdi.
???? Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda Chiroqchi tumani 19-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga taqdimnoma kiritildi.
✅ Taqdimnoma natijasiga ko‘ra, 10 nafar xodimga jami 75 million 609 ming 560 so‘m miqdoridagi ustama pullari to‘lab berildi.
????Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️
???? • telegram (https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya) |???? • instagram (https://www.instagram.com/qashqadaryo.adliya.uz/)
⚖️ “TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI: HAMKORLIK VA MUHOKAMA
???? Bugun, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi binosida “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash hamda sohadagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda iqtisodiy sud sudyalari, Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘limi, MIB Qarshi shahar bo‘limi, viloyat soliq boshqarmasi xodimlari hamda sud boshqaruvchilari ishtirok etdi.
???? Yig‘ilish davomida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, ushbu sohada davlat boshqaruvini takomillashtirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda muammoli korxonalarni sog‘lomlashtirishdagi ahamiyati muhokama qilindi.
???? Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, tizimda uchrayotgan ayrim muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
???? Muhokamalar yakunida idoralararo hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud muammolarni qonuniy va samarali hal etish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
????Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️
#yarmarka
???? 16-SENTYABR — QASHQADARYO VILOYAT SUDIDA KITOB YARMARKASI
???? 16-sentyabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha Qashqadaryo viloyat sudi binosida yuridik adabiyotlar savdo yarmarkasi o‘tkaziladi.
Yarmarkada yangi nashrdan chiqqan:
???? kodekslar;
???? sharhlar;
???? huquqiy qo‘llanmalar;
???? boshqa yuridik adabiyotlarni xarid qilishingiz mumkin.
Yarmarkaga sudyalar va sud xodimlari, prokuratura, ichki ishlar, adliya organlari, DXM, FHDYO va yuridik xizmat xodimlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxona va tashkilotlar vakillari taklif etiladi.
???? Qashqadaryo viloyat sudi
???? 16-sentyabr | 10:00–17:00
???? Onlayn xarid: adolatmarkazi.uz
• Murojaat uchun:
@Adolatnashr_Marketing
+998 71 280 55 47
+998 55 510 47 86
???? Yuridik adabiyotlarga qiziquvchi hamkasblaringizga ham ulashing.
Sayyor qabulda aniqlangan murojaat o’z yechimini topdi.
???? Qarshi shahrida o'tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro D.Hoshimova oilaviy sharoiti og'irligi, qaramog'ida 2 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi hamda turmush o'rtog'i bilan bir necha yildan buyon shar'iy nikoh asosida yashab kelayotganini bildirib, nikohini qonuniy tartibda rasmiylashtirishda amaliy yordam so'rab murojaat qildi.
???? Mazkur murojaat Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi va Qarshi shahar adliya bo'limi tomonidan nazoratga olinib, shahar FHDY bo'limi bilan hamkorlikda fuqaroning holati atroflicha o'rganildi.
⚖️ Fuqaroning ijtimoiy va oilaviy sharoiti inobatga olinib, adliya bo'limi tashabbusi bilan fuqarolarning huquqlari qonuniy tartibda qayd etildi.
#adliya_hudud
Aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi!
2026-yil 9-sentabr kuni Mirishkor tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Chandir" va "Yangi Hayot" mahallalarida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Tadbir davomida fuqarolarga 50 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilib,my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/?utm_source=chatgpt.com) orqali uydan chiqmagan holda davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyatlari keng tushuntirildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida migratsiya, moddiy yordam olish, yer va uy-joy masalalari, kommunal xizmatlar, mavjud imtiyozlar, aliment undirish, ishga joylashish va ta’lim olish kabi ijtimoiy-huquqiy masalalar hamda unda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 9-sentabrdagi O‘RQ–1170-son “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-avgustdagi PF–180-son “Xalqaro tan olingan vizalarga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining asosiy mazmuni ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.
Shu jumladan, mazkur sayyor qabul davomida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
#adliyada_sport
KUCH,CHAQQONLIK VA JAMOAVIY RUH!
Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasida Adliya vazirligi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan sportakiadaning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada boshqarma xodimlari sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashib, jamoaviy ruh, sog‘lom raqobat va faol hayot tarzini namoyon etdilar.
Saralash bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar sportakiadaning keyingi bosqichida Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi sharafini himoya qiladi.
#adliya_xabari
Qashqadaryoda jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.
Bugun Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi hamkorligida Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limida jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari sud ekspertizasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, markaz faoliyati, zamonaviy ekspertiza usullari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Press-tur ishtirokchilariga sud ekspertizasining odil sudlovni ta’minlashdagi ahamiyati, ekspertiza jarayonlarining o‘ziga xos jihatlari va markaz mutaxassislarining faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
???? QASHQADARYODA 22 331 NAFAR FUQARONING MULK HUQUQI E’TIROF ETILDI.
Qashqadaryo viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etilgan fuqarolar soni rasman 22 331 nafarga yetdi.
???? Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini, shuningdek, ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish masalasi ko‘rib chiqildi.
✅ Sessiyada jami 4 512 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish bo‘yicha Kengash qarori qabul qilindi.
E’LON!
“ADLIYA KITOBXONLARI” TANLOVIGA MARHAMAT!
24-oktabr kuni Viloyat adliya boshqarmasi xodimlari o‘rtasida “Adliya kitobxonlari” tanlovi o‘tkaziladi.
Maqsad: kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kasbiy bilimlarni oshirish, mustaqil va tahliliy fikrlash hamda notiqlik mahoratini rivojlantirish.
Kimlar ishtirok etadi?
Viloyat adliya boshqarmasi hamda tizimdagi adliya organlari va muassasalari xodimlari.
Tanlov shakli:
Ishtirokchi o‘zi tanlagan kitob bo‘yicha taqdimot-taqriz bilan chiqish qiladi.
Taqdimotda:
• kitobning asosiy g‘oyasi;
• shaxsiy taassurot va xulosalar;
• kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati;
• mustaqil, tahliliy va tanqidiy fikrlar yoritiladi.
Eslatma: kitob mazmunini to‘liq hikoya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kreativ va o‘ziga xos yondashuv rag‘batlantiriladi.
Baholash: 20 ballik tizimda.
G‘olib — diplom va bir martalik oylik ish haqqi miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi II va III o‘rinlar hamda nominatsiyalar bo‘yicha faol ishtirokchilar rag‘batlantiriladi.
⭐️OYNING ENG YAXSHI TEXNIK XODIMI ANIQLANDI
“Oyning eng yaxshi xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil avgust oyining eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi:
Yo'ldasheva Mohigul Mo'ysinovna - Kitob tuman FHDY bo'limi ish yurituvchisi
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi M.Yo'ldashevani muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaydi.
Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.