Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Davlat fuqarolik xizmatchilari o'rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etilishiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi


Bugun, G'uzor tumani hokimligi faollar zalida tuman hokimi Bekzod Suyunov boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorining mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

Seminarda hokim o'rinbosarlari, mahallalardagi hokim  yordamchilari, tashkilot va korxona rahbarlari, ularning o'rinbosarlari ishtirok etishdi.

Ushbu seminarda G'uzor tumani Adliya bo'limi boshlig'i Murod Salimov mazkur qarorning mazmun-mohiyati, xodimlar faoliyatida tutadigan o'rni to'g'risida batafsil ma'lumot berdi.

Shuningdek, o'quv-seminar ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.