Янгиликлар
02
Kitob tumanida tashkil etilgan o`quv seminarida Davlat fuqarolik xizmatchilarining namunaviy qoiadalari haqida tushunchalar berildi
Bugun Kitob tumani hokimligida barcha tashkilot va muassasa vakillari ishtirokida o`quv seminari tashkil etildi. Tuman hokimining o`rinbosari Zafar Ergashev hamda tuman Adliya bo`limi boshlig`i Rustam Muhammadiyevlar rahbarligida o`tgan mazkur uchrashuvda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrda “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 595-sonli qarorining mazmun-mohiyati maxsus ko`rgazmali materiallar orqali yig`ilganlarga yetkazildi. Shu kuni ishtirokchilar mavzu yuzasidan barcha qiziqtirgan savollariga javob olishdi.