Янгиликлар
01
17 YILLIK ORZULAR USHALDI
Oila but bo'lishida bittagina hujjat ham katta ahamiyat kasb etarkan.Chiroqchi tumanidagi "Xo'jaabdijabbor" qishlog'ida istiqomat qiluvchi Hamdam Norqulov hamda Maqsuda Xolbozorovalar turmush qurganlariga 17 yil bo'ldiki nikoh tuzilganligi to'g'risida guvohnomalari yo'q.. Vaqtida olinmagan nikoh guvonomasi sabab bu oila ham bir qancha quyinchiliklarga duch keldi. "Birinchi turmushimdan ajralganligim sababli,ikkinchi marta nikoh guvohnomasini olish ancha murakkab bo'ldi.Nikoh guvohnomasiga ancha sarson bo'laman deb o'ylagandim,baraka topishsin, sarson bo'lmadim.Idorama-idora yurishdan qo'rqib kelgandim.Mendan ham ayolimning ko'zidagi quvonchni ko'ring" deydi: fuqaro Hamdam Norqulov.
Yurtimizda azaldan oila muqaddas qo‘rg‘on sifatida e’zozlangan. Zero, inson qalbida ahillik, mehr-oqibat tuyg‘ulari, ilm-ma’rifatga oshno bo‘lish ko‘nikmasi, avvalo, shu aziz dargohda shakllana boshlaydi.