Янгиликлар
31
Oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi
Muborak tumani hokimligida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yilning 14-oktabr kuni qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-sonli qarori ijrolari yuzasidan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali, viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari va tuman Adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan seminarda mazkur qaror va shu asosda ishlab chiqilgan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarining mazmuni haqida keng tushunchalar berib oʻtildi.
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq muammo va takliflar yuzasidan oʻzaro fikr-mulohazalar almashildi.