Янгиликлар
02
Idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo'lishi lozim....
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi, viloyat hokimligi hamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda, idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo'lishini to'liq ta'minlash, bu jarayonda davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va xodimlarning mas'uliyatini oshirish maqsadida tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchilari ishtirokida semenar tashkil etildi.
Semenar davomida ishtirokchilarga Adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan:
Davlat tiliga oid qonun hujjatlari
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi
"e-qaror" elektron dasturida ishlash tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi
Tadbir davomida semenar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.