Янгиликлар
Adliya aralashuvi bilan 1 036 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolalar parvarishi bilan band bo‘lganlarga parvarishlash nafaqalari tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga tibbiyot birlashmalari, Tibbiy ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari, MFY va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarga chiqib, sayyor tarzda, uyma-uy yurgan holda Farmonda nazarda tutilgan shaxslarni qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashda amaliy yordam berish topshirig‘i berilgan.
Qashqadaryo viloyat bosh TIEK komissiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, viloyatda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 6829 nafar (2688 o‘g‘il va 4141 qiz)ni tashkil etishi aniqlangan.
Shunga ko‘ra, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ushbu yo‘nalishda 1 109 ta nogironligi bo‘lgan oila a’zosi mavjud xonadonlarga kirilib, jami 375 ta murojaatlar qabul qilindi va shundan 331 tasi qanoatlantirildi, natijada adliya aralashuvi bilan 1 036 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolalar parvarishi bilan band bo‘lganlarga parvarishlash nafaqalari tayinlatildi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda joylarda jami 488 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati