Янгиликлар
25
Sayyor xizmatlar
Yakkabog' tuman adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi xodimlari, Yakkabog' tuman IIB profilaktika inspektori va tuman FXDY bo'limi bilan hamkorlikda "Xo'jailg'or" MFY hududida sayyor qabul o'tkazildi.
Bunday sayyor qabullar o'tkazilishidan asosiy maqsad fuqarolarni og'irini yengil qilish va huquqiy maslahatlar berishdan iborat.
Shu kuni mahallada yashovchi O. Po'latova va S.Jalilovalarni o'z xonadonini kadastr pasportini shakllantirish uchun murojaatlari qabul qilindi.Fuqaro S.Hamidovani boquvchisini yo'qotganligi haqidagi nafaqa pulini olish uchun qilgan murojaati shu joyning o'zida qanoatlantirildi.