Янгиликлар
27
Namunaviy sud protsessi
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida "Jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha o'quvchilar o'rtasida namunaviy sud protsessi" tanlovining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlovda Jinoyat ishlari bo'yicha Qarshi shahar sudi sudyasi, Fuqarolik ishlari bo'yicha Qarshi tumanlararo sudi sudyasi hamda adliya boshqarmasi muassasalari vakillari hakam sifatida ishtirok etishdi.
Jarayonda o‘quvchilar o‘zlarining sudda nutq so‘zlash, jamoada ishlash, tezkor fikrlash, tahlil qilish hamda optimal qarorlarni qabul qilish qobiliyatini namoyon etdilar.
Qizg‘in kechgan tanlov jarayonlarining natijalari hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholandi.
Natijalarga ko'ra:
Jinoyat ishlari bo'yicha:
PARLAMENT va KRIMINALIST jamoalari g'olib deb topildi.
Fuqarolik ishlari bo'yicha:
ADVOKAT va SMART jamoalari go'lib.
Hududiy bosqichda g'olib bo'lgan to'rt jamoa mintaqaviy bosqichda ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.