Янгиликлар
28
YOSHLAR OILA QURISHGA TAYYORMI?
Bizga ma'lumki, Viloyat hokimining joriy yildagi “Viloyatda oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablarini o'rganish hamda ularni oldini olish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish to'g'risida” gi farmoyishi ijrosi yuzasidan ishchi guruh tashkil etilib, tanlov asosida tumanlardagi oilaviy ajrimlar ko'p qayd etilgan mahallalarga borgan holda ajrimlarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablari Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o'rganilmoqda.
O'rganish natijasiga ko'ra aniqlangan holatlardan kelib chiqib hamda yoshlarga nikoh qayd etilishi yuzasidan huquqiy tushuntirish berish,oila qurishning mas'uliyati va oila bardavomligini ta'minlash yuzasidan tushunchalar berish maqsadida viloyat adliya boshqarmasida nikohlanuvchi yoshlar ishtirokida “Oila muqaddas” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi hamda Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish respublika markazining Qashqadaryo viloyati hududiy bo'limi xodimlari ishtirok etib, yoshlarga oila va nikoh muqaddasligi, oila mustahkamligi uchun amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar, sog'lom turmush tarziga rioya etish, nikoh qayd qilinishidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tishning ahamiyati va boshqalar xususida tushunchalar berildi.
Tadbir ishtirokchilarida ma'ruzachilar tomonidan hayotiy misollar orqali berilgan ma'lumotlar hamda psixolog tomonidan tashkil etilgan treninglar katta qiziqish uyg'otdi.