Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

29
11 nafar texnikum xodimiga yakuniy hisob-kitob pullari to'lab berildi

Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro K.Nabiyeva hamda uning hamkasblari Qarshi transport texnikumida ishlab kelgan. Texnikum faoliyati tugatilgach, ishsiz qolgan xodimlar hattoki yakuniy hisob -kitob pullarini ham olisholmadi. Fuqaro K.Nabiyeva va texnikum xodimlari Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga Qarshi transport texnikumi tugatilganligi uchun yakuniy hisob-kitob pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.


29
Oliy bosh Qomusimiz 30 yoshda

  Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan farmon va qonunlarda inson sha’ni, e’tiqod erkinligi, huquq va erkinliklari eng oliy mezon sifatida qaraladi.

Jumladan, Bosh Qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustuvor maqsadi har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan.

Konstitutsiya – vijdon va e’tiqod erkinligini o‘zida mujassam etgan, yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tengligini ta’minlovchi, mamlakat taraqqiyotini yorqin namoyon etuvchi asosiy hujjat, baxtimiz qomusi, xalqimizning oru nomusi, diniy bag‘rikengligimiz ifodasi hisoblanadi. Chunki uning har bir moddasi, har bir bo‘limida xalqaro huquq me’yorlari ham, milliy bag‘rikenglik tamoyillari ham aks etib turadi.

Jumladan, Bosh Qomusimizning 18-moddasida ham bu mustahkam asos qilib belgilab qo‘yilgan: “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.

Shuningdek, demokratik, huquqiy davlat va zamonaviy jamiyat qurishning hamda ular rivojanishining zaruriy shartlaridan biri bu Konstitutsion burchdir. Barcha ilg‘or davlatlar konstitutsiyalarida fuqarolarning burchlariga alohida o‘rin ajratilgan. Mustaqil O‘zbekiston o‘z Konstitutsiyasida fuqarolar burchlarini belgilashda o‘z tarixiy xususiyatlariga va ilhor mamlakatlar tajribasiga suyanadi.

Konstitutsion burch-O‘zbekiston fuqarolarining Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan, fuqarolarning bajarilishi shart bo‘lgan majburiyatlaridir.

Fuqarlarning konstitutsion burchlari quyidagilardir:

O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar;

-        Barcha fuqarolar konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni bajaradilar;

-        Fuqarolar O‘zbekiston halqining tarixiy, ma’naviy vamadaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar;

-        Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir;

-        Fuqarlar atrof – tabiiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar;

-        Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar;

-        O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish mamlakatning har bir fuqarosining muqaddas burchidir;

-        Fuqarolar, qonunda belgilangan tartibda, harbiy va muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.

        Ma’lumot o‘rnida shuni ham ta’kidlash lozimki, 1992 yildagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 1978 yildagi va boshqa konstitutsiyalardan burchlar masalasida birmuncha farqi bor. Masalan, 1978 yildagi Konstitutsiyada fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari bitta boboda berilgan.Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolarning burchlari alohida bobda ko‘rsatilgan.

 Konstitutsion burchlardan tashqari, nokonstitutsion burchlar ham bor (ota-ona va yoshi katta keksalarga nisbatan hurmat, farzandlarga g‘amho‘rlik, mmehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya etish va hokazolar).

Konstitutsiya mustaqillik, tenglik, demokratiya va insonparvarlik uchun kurashning mevasidir.

Davlat xizmatlari ko'rsatilishi ustidan nazorat qilish

bosh maslahatchisi Ruslan Rustamov


29
Huquqiy madaniyat- huquqni bilish va tushunish, uning ko‘rsatmalarini ongli ravishda bajarishdir.

Joriy yilning 16 may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda jamiyatda ҳuquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-sonli qarori tasdiqlandi. Avvalo mazkur qaror ijrosini ta’minlashda ҳuquqiy madaniyat tushunchasi moҳiyatini chuqur bilib olish maqsadga muvofiq.

29
Qarshi tumanidagi TATU QARSHI filiali talabalari Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilinmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekistonda 2022-yilning 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etildi.

Mobil-ID tizimi - fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi. Faqat bundan moliyaviy xizmatlar mustasno.  

Qarshi tumani  DXM xodimlari  korxona va tashkilot xodimlarini mobile-ID tizimiga identifikatsiya qilinyapdi. Eslatib o‘tamiz, Mobil-ID tizimini ommalashtirish maqsadida fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiyalash 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘lov undirilmasdan amalga oshirilmoqda.

2023-yil 1-yanvardan boshlab BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.

28
Bilasizmi

Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun davlat xizmatidan foydalanishda fuqarolarga qanday qulayliklar yaratilgan?

28
Bilasizmi

Bolalarni sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibidan xabardormisiz?

28
HECHDAN KO'RA KECH

Alsu momo Sharipova 1938 yilda Tataristonda tug'ilgan.Hozirda Shahrisabz shahrining "Ziyokor" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi 84 yoshli Alsu momo Sharipovaning shu paytgacha shaxsini tasdiqlovchi hech qanday hujjati yo`qligi bois, unga Shahrisabz shahar FHDY bo'limi tomonidan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma berildi.

25
Adliya hudud

Qarshi Tuman adliya bo'limi va Xalq ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda  tumandagi  13-maktab yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida o'quvchilarning Konstitsiyaga oid bilimlarini mustahkamlash,savol-javob orqali sinovdan o'tkazish  maqasadida, “Bilasizmi” viktorinasi o'tkazildi.

25
Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratishda qanday qulayliklar yaratildi?

  1 dekabrdan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrda qabul qilgan “Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori kuchga kiradi. Xo'sh, ushbu qaror asosida aholini qanday o'zgarishlar kutmoqda?

25
Shahrisabzda talabalar MOBILE ID tizimidan ro'yxatdan o'tkazildi.

Bugun Shahrisabz shahar Davlat xizmatlari markazi hamda  Shahrisabz davlat pedagogika instituti hamkorligida  institut talabalariga Mobile-ID tizimidan foydalanish bo'yicha tushunchalar berildi  va talabalarni ushbu tizimdan ro'yxatdan o'tkazish ishlari amalga oshirildi.