Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

11 nafar texnikum xodimiga yakuniy hisob-kitob pullari to'lab berildi


Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro K.Nabiyeva hamda uning hamkasblari Qarshi transport texnikumida ishlab kelgan. Texnikum faoliyati tugatilgach, ishsiz qolgan xodimlar hattoki yakuniy hisob -kitob pullarini ham olisholmadi. Fuqaro K.Nabiyeva va texnikum xodimlari Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga Qarshi transport texnikumi tugatilganligi uchun yakuniy hisob-kitob pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Shunga ko‘ra, tegishli hujjatlar to‘planganda, ish o‘rni qisqarganligi va tashkilot tugatilganligi uchun xodimlar bilan mehnat shartnomalari bekor qilinganligi, biroq ishdan bo‘shatish nafaqalari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Mehnat kodeksining 109-moddasida mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganda, ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilishi belgilangan.

Adliya aralashgach 11 nafar texnikum xodimlarining manfaatini ko‘zlab, 30 millonga yaqin ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga arizalar kiritildi.

Mazkur arizalar fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi tomonidan qanoatlantirilib, sud buyrug‘lari chiqarildi.

Inson huquqlarini himoya qilish

bo‘limi boshlig‘i E. Ismoilov