Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Huquqiy madaniyat- huquqni bilish va tushunish, uning ko‘rsatmalarini ongli ravishda bajarishdir.


Joriy yilning 16 may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda jamiyatda ҳuquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-sonli qarori tasdiqlandi. Avvalo mazkur qaror ijrosini ta’minlashda ҳuquqiy madaniyat tushunchasi moҳiyatini chuqur bilib olish maqsadga muvofiq.


Xususan, oilada va ta’lim muassasalarida ҳuquqiy tarbiyani va madaniyatni shakllantirish orqali oilalardagi notinchlik va zo‘ravonlikning bolalar tarbiyasidagi salbiy oqibatlarining oldini olinadi ҳamda ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni ta’qib qilishga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi, G‘uzor tuman adliya bo‘limi hamda IIB profilaktika inspektorlari ishtirokida tumandagi Qizil toifadagi MFYlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan Obod, Tinchlik MFYlarida yashovchi fuqarolar o‘rtasida “Biz ҳam jinoyatchilikka qarshi ko‘rashamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.


Tadbir davomida aholining barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muammolarini o‘rganish, “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida targ‘ibot tadbirlarini, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy loyihalar, xayriya aksiyalarini o‘tkazish, xorijda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi, hususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish tartibi, noqonuniy migratsiya oqibatlari to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini olib borildi.


Adliya bo‘limi tomonidan yig‘ilishda ishtirok etgan hotin-qizlarga Adliya vazirligi tomonidan nashr etilgan “Ayollarga Huquqiy madad” va “Hayotiy muhim masalalar bo‘yicha Huquqiy qo’llanma” kitoblari sovg‘a tariqasida tarqatildi.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati