Yangiliklar
Qamashi tuman adliya bo‘limi, tuman YuXKM va davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan hamkorlikda “Badashxon” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.
Chiroqchi tuman adliya bo'lim, tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari Jar MFY hokim yordamchisi bilan birgalikda mahallada sayyor xizmatlar tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonuni qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Fuqarolarning sudlar faoliyati bilan bog'liq masalalari yuzasidan hamda sud-protsessual tartiblar haqida huquqiy tushuntirishlar berish, ushbu holatlar bilan bog'liq masalalarda huquqiy ko'mak ko'rsatish, fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiligini oldini olish maqsadida adliya organlarida "Huquqiy ko'mak darchalari" faoliyati tashkil etildi.
Shahrisabz shahrida bo'lib o'tayotgan sayyor qabulda barcha vazirlik va idoralar, hokimliklar, hududlarning rahbarlari aholi murojaatlarini ro'yxatga olib, ularni ko'rib chiqish va natijasini nazorat qilish bo'yicha tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.
Bugun 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog‘i to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan kun
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig’ining o'rinbosari, boshqarmaning huquqiy xizmatlar bo’limining mas'ul xodimlari, hamda tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazining xodimlari ishtirokida Kasbi tumani tumandagi yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan davlat tashkilotlari, jumladan tuman XTBga qarashli umumta’lim maktablar, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari, kadrlar bo‘yicha menejerlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
G'uzor tumanida Respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tmoqda. Qabulda ishtirok etayotgan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Murodulla Eshnazarov fuqarolar murojaatini o'rganib, huquqiy maslahatlar bermoqda.
Qarshi tumanidagi tashkilot va umumta'lim maktablarida "Bayrog'im-g'ururim" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida “Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda adliya, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qabul qilingan qonun hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, davlat ramzlari ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yuzasidan ma’ruzalar qilindi.